Makana — faoliyatingizning onlayn manzili
Mahalladagi do‘kondan katta kompaniyagacha — har kim o‘z faoliyatini shu yerda ko‘rsatadi, mijoz esa kerakli narsa, xizmat va odamni shu yerdan topadi.
Saytga kirishMakana nima?
Makana — O‘zbekistondagi savdo va xizmat egalari uchun profil platformasi. Siz o‘z faoliyatingiz uchun doimiy sahifa ochasiz: nomi, manzili, ish vaqti, rasmlar, video va narxlar bilan. Mijozlar sizni qidiruv, xarita yoki ulashilgan havola orqali topadi va to‘g‘ridan-to‘g‘ri bog‘lanadi.
Telegram guruhidagi e’lon bir kunda pastga tushib ketadi. Makana’dagi profilingiz esa joyida turadi va uni istalgan payt topish mumkin.
Kimlar uchun?
Nimalar qila olasiz?
- Profil ochish. Savdo profili yoki xizmat profili — faoliyatingiz nomi, manzili va ish vaqti bilan.
- Vaqtincha ishlatish. Profilni ma’lum muddatga ham ochish mumkin: mahsulotingiz sotilib bo‘lsa yoki xizmat ko‘rsatishni to‘xtatsangiz, uni shunchaki o‘chirasiz.
- Rasm va video qo‘yish. Galereyaga 20 tagacha rasm, 2 daqiqagacha bo‘lgan bitta video hamda YouTube’dagi qisqa videolaringizni qo‘shishingiz mumkin.
- Tovar va xizmatlar ro‘yxati. Nima sotishingiz yoki qanday xizmat ko‘rsatishingizni narxi bilan yozib qo‘yasiz.
- Xaritada ko‘rinish. Joylashuvingizni belgilasangiz, mijoz sizgacha yo‘lni ko‘radi va «atrofimdagi» qidiruvda chiqasiz.
- AI qidiruv. Mijoz oddiy so‘z bilan yozadi — masalan, «yaqin atrofda santexnik» — va mos profillar ro‘yxatda hamda xaritada chiqadi.
- Xabar yozishish. Mijoz profil egasiga saytning o‘zida yozadi yoki telefon qiladi.
- Fikr va baho. Mijozlar profilga baho va sharh qoldiradi, yoqqan profillarni saqlab qo‘yadi.
- Hisobot. Profilingizni necha kishi ko‘rgani va baholagani haqida kunlik xabar olasiz.
Qanday boshlanadi?
- Saytga kiring va ro‘yxatdan o‘ting — elektron pochta yoki Google hisobi orqali.
- Savdo yoki xizmat profilini tanlab, ma’lumotlaringizni to‘ldiring.
- Rasm qo‘shing, joylashuvni belgilang va profil havolasini mijozlaringizga ulashing.
Narxi
Hozir ro‘yxatdan o‘tish, profil ochish va qidiruvdan foydalanish bepul.
Ma’lumotlaringiz
- Profilingizda faqat o‘zingiz kiritgan ma’lumot ko‘rinadi.
- Telefon raqamingizni faqat ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchilar ko‘ra oladi.
- Sayt xavfsiz ulanish (HTTPS) orqali ishlaydi.
- Telegram botini ulagan bo‘lsangiz, Telegram ma’lumotingiz boshqa foydalanuvchilarga ko‘rsatilmaydi.
- Profilingizni istalgan payt o‘zingiz o‘chira olasiz. Bunda rasmlar, video va fikrlar ham o‘chadi; yozishmalaringiz esa suhbatdoshingizda «O‘chirilgan hisob» nomi bilan qoladi.
Ko‘p so‘raladigan savollar
Ro‘yxatdan o‘tmasdan ko‘rsa bo‘ladimi?
Ha. Mehmon sifatida bosh sahifa, qidiruv va profillarni bir muddat ko‘rishingiz mumkin. Yozish, saqlash va profil ochish uchun ro‘yxatdan o‘tish kerak.
Savdo profili bilan xizmat profilining farqi nima?
Savdo profili — biror narsa sotadiganlar uchun: do‘kon egasi ham, bir-ikki xil mahsulot sotmoqchi bo‘lgan oddiy odam ham (tovarlar, chakana yoki ulgurji). Xizmat profili — mutaxassislar uchun (kasbi, xizmatlar va narxlari). Bitta hisobda ikkalasini ham ochish mumkin.
Bir marta nimadir sotmoqchiman, profil ochsam bo‘ladimi?
Ha. Savdo profilini oching, mahsulotingizni rasmi va narxi bilan qo‘ying. Sotib bo‘lgach, profilni o‘chirib qo‘yishingiz mumkin — keyin kerak bo‘lsa, yangidan ochasiz.
Yangi xabar kelganini qanday bilaman?
Saytda xabarlar belgisida ko‘rinadi. Telegram botimizni hisobingizga ulasangiz, yangi xabar va kunlik hisobot haqida Telegramga ham bildirishnoma keladi.
Profilimni qanday o‘chiraman?
Profilni tahrirlash sahifasining eng pastida «Profilni o‘chirish» tugmasi bor.
Bog‘lanish
Savol, taklif yoki shikoyat bo‘lsa, yozing:
- Telegram: @shaxcell
- Telegram bot: @makon_bizness_bot